YO'NALISHLAR

Web dasturlash
01

Web
dasturlash

Web dasturchi hozirgi kunda eng yuqori va nufuzli toifali ish turlaridandir, web dasturchi bo'lish uchun HTML, CSS, JavaScript, PHP, MySQL dasturlash tillarini o'rganish lozim.

Web dasturchi hozirgi kunda eng yuqori va nufuzli toifali ish turlaridandir, web dasturchi bo'lish uchun HTML, CSS, JavaScript, PHP, MySQL dasturlash tillarini o'rganish lozim.

KURS YO'NALISHI: Web dasturlash

KURS DAVOMIYLIGI: 4-OY

O'QUVCHILAR SONI: 9 KISHI

IMTIYOZLAR: Kurs davomida qo'shimcha o'quv qo'llanmalari kurs jarayonidagi barcha materiallar elektron shaklda beriladi

Web Dasturlash
02

ANDROID
DASTURLASH

Siz GOOGLE kompanyasida ishlashni xohlarmidingiz? Bunga erishish qiyin deb o'ylaysizmi? Bu juda oson agar siz ANDROID dasturlashni bilsangiz!

Siz GOOGLE kompanyasida ishlashni xohlarmidingiz? Bunga erishish qiyin deb o'ylaysizmi? Bu juda oson agar siz ANDROID dasturlashni bilsangiz!

KURS YO'NALISHI: ANDROID DASTURLASH

KURS DAVOMIYLIGI: 3-OY

O'QUVCHILAR SONI: 9 KISHI

IMTIYOZLAR: Kurs davomida qo'shimcha o'quv qo'llanmalari kurs jarayonidagi barcha materiallar elektron shaklda beriladi

Kompyuter Arxitekturasi
VIDEO MONTAJ
03

VIDEO
MONTAJ

Mazkur darslar kimlar uchun: Video montajchi bo'lmoqchi bo'lganlar; Tv, Kino studiya, video studiya xodimlari; Videoblogerlar; Zamonaviy kasb egasi bo'lishni istaganlar. Darsliklar dasturi: Premiere Pro; Adobe After Effects; CINEMA 4D;

Mazkur darslar kimlar uchun: Video montajchi bo'lmoqchi bo'lganlar; Tv, Kino studiya, video studiya xodimlari; Videoblogerlar; Zamonaviy kasb egasi bo'lishni istaganlar. Darsliklar dasturi: Premiere Pro; Adobe After Effects; CINEMA 4D;

KURS YO'NALISHI: VIDEO MONTAJ

KURS DAVOMIYLIGI: 3-OY

O'QUVCHILAR SONI: 9 KISHI

IMTIYOZLAR: Kursni muvaffaqiyatli bitirganlar maxsus sertifikat bilan taqdirlanadilar va ishga joylashishida ko'mak beriladi

Web Dasturlash
04

ARXITEKTURA
DIZAYN

Mazkur darslar kimlar uchun: Arxitektura sohasida ishlamoqchi bo'lganlar; Dizayn studiya xodimlari; Arxitektura bo'yicha universitetga kirmoqchi bo'lganlar; 3D model yaratishni o'rganmoqchi bo'lganlar; Zamonaviy kasb egasi bo'lishni istaganlar.

Mazkur darslar kimlar uchun: Arxitektura sohasida ishlamoqchi bo'lganlar; Dizayn studiya xodimlari; Arxitektura bo'yicha universitetga kirmoqchi bo'lganlar; 3D model yaratishni o'rganmoqchi bo'lganlar; Zamonaviy kasb egasi bo'lishni istaganlar.

KURS YO'NALISHI: ARXITEKTURA DIZAYN

KURS DAVOMIYLIGI: 3-OY

O'QUVCHILAR SONI: 9 KISHI

IMTIYOZLAR: Kursni muvaffaqiyatli bitirganlar maxsus sertifikat bilan taqdirlanadilar va ishga joylashishida ko'mak beriladi.

Kompyuter Arxitekturasi

O'QITUVCHILAR

BIZNING JAMOA

SHARHLAR

DATA GALEREYASI

KURSGA YOZILISH

MAQOLALAR

MA'LUMOTLAR

KO'P BERILADIGAN SAVOLLAR

O'quv markaz qayerda joylashgan?

"DATA" o'quv markazi Xorazm viloyati, Urganch shahridagi DARITAL binosining 2-qavatida, "HUB DARITAL" coworking markaz hududida joylashgan.

"DATA" o'quv markazi qachon tashkil qilingan?

"DATA" o'quv markazi 2019 yil 1-dekabr kunidan o'z faoliyatini boshlagan. Loyiha muassisi "DATA UNION" MCHJ hisoblanadi. Loyiha rahbari Shahzod Sabirov.

O'quv markazda qanday yo'nalishlarda kurslar mavjud?

Hozirda o'quv markazimizda 5 ta yo'nalishda kurslarimiz mavjud: Web dasturlash, Video montaj, Arxitektura va dizayn, Android ilova yaratish va Grafik Dizayn yo'nalishlari.

Kurslar kimlar uchun?

Ushbu kurslar zamonaviy kasb egasi bo'lishni istagan, o'zi uchun yangi bilim va ko'nikma olishni xohlagan, kreativ va noodatiy fikrlovchi 14 yoshdan katta o'g'il va qizlar uchun.

Kurslar nechi oy davom etadi?

O'quv markazimidagi kurslar yo'nalishiga qarab 3 oydan 5 oygacha davom etishi mumkin.

Kursda o'qish uchun menda kompyuter bo'lishi shartmi?

Yo'q! Shart emas. O'quv markazimizning o'z texnik bazasi mavjud bo'lib, darslar kuchli kompyuterlar bilan jihozlangan, bilim olish uchun barcha sharoit va imkoniyatlar mavjud bo'lgan dars xonalarida olib boriladi. Lekin bu degani kompyuter keragi yo'q degani emas. Har bir o'quvchi ham shu sohada o'z kelajagini ko'ra olsa albatta o'zi uchun shaxsiy kompyuter olib ishlashini tafsiya etamiz.

Darslar qanday vaqtlarda bo'ladi?

O'quv markazimidagi darslar har bir guruh uchun haftda 3 kun, davomiyligi 1.5-2 soatdan bo'lib o'tadi. Shu bilan birga, kunning birinchi, ikkinchi va uchunchi qismlariga ajratib ham alohida guruhlar shakillantiriladi.

Guruhga nechi nafar qatnashuvchi qabul qilinishi mumkin?

Har bir guruhga maksimum 9 nafar o'quvchi o'qishi mumkin!

Bir oyning o'zida bir nechta kurslaringizda o'qisa bo'ladimi?

Ha, bo'ladi!

Darsdan tashari ham kompyuterlarda shug'ullanish uchun vaqt beriladimi?

Albatta, dars tugagandan so'ng har bir o'quvchiga yana bir soat davomida vaqt beriladi. Shu vaqt davomida kompyuterda qo'shimcha mashg'ulotlar uchun foydalanishi mumkin.

Kompyuterni uyimga olib ketolamanmi?

Yo'q. Kompyuterlarimizdan faqat markaz hududida, darsga ta'luqli mashg'ulotlarni amalga oshirish uchun foydlanishingiz mumkin.

Bepul ochiq darsdan qanday ma'lumot olaman?

O'qituvchi bilan tanishasiz va o'quv jarayonini baholaysiz. Ushbu kurs sizga mos keladimi yo'qmi bilib olasiz va asosiy kursga yozilishingiz mumkin!

Kurs qancha turadi uni qanday to'lash mumkin?

Guruhda o'qish narxi-oyiga 650.000 so'mdan 950.000 so'mgacha, ya'ni yo'nalishiga qarab turlicha belgilangan. Bular haqida batafsil:+99899-759-88-86 raqami orqali ma'lumot olishingiz mumkin. To'lov usuli: naqd pul, terminal orqali, pul o'tkazish orqali to'lashingiz mumkin

Guruhga qanday a'zo bo'lish mumkin?

Ro'yxatdan o'tish uchun uchun pasport yoki pasport nusxasi bilan bizning ofisimizga kelib, ta'limning birinchi oyini oldindan to'lashingiz kerak. Biz o'z navbatida shartnoma tuzamiz va joy ajratamiz. Agar kela olmasangiz, pasport nusxasini Telegramga yuboring va Payme ilovasi orqali ta'limning birinchi oyini to'lang. To'lovni amalga oshirishdan oldin telegramda oldindan ogohlantiring.

Ingiliz tili qaysi darajada talab qilinadi?

Ingliz tilsiz o`rgansa bo`ladi, ammo boshlang'ich ta'lim bo'lsa zarari yo`q. Aslida, kod ko'pincha inglizcha so'zlardan iborat. Masalan: head, paragraph, align, center, right, left, top, bottom va boshqalar. Xulosa: ingliz tilini bilishlik yaxshi, bilmasa ham kodni tushunish mumkin, chunki o'rganish davomida barcha so'zlar tarjimayi holda tushuntiriladi.

Kurs narxini arzonroq qilishning imkoni bormi?

Afsuski, buning imkoni yo'q. Chunki o'quv markaz o'zida juda ko'plab qulayliklarni, sog'lom ekologik muhitni jamlagan. Bundan tashqari ta'lim sifati kafolatlangan. Har bir o'quvchi uchun alohida kompyuterlar berilishi va dars jarayonida coffe breaklar tashkil etilishi, kuchli mutaxassislardan ta'lim olish imkoni mavjudligi va bularning bari yuqori orgonizatsion jarayonlarni o'z ichiga olgan sistema ekanligi uc

Ustoz har kimga yordam bera oladimi?

Darslarda hech kim e'tibordan chetda qolmaydi. Ustoz har kimga yordam beradi. Har bir guruh uchun Telegramda alohida guruh yaratiladi. Unda talabalar murabbiy bilan muloqot qilishadi, tajriba almashad

Darslarni videoga yozishib olish mumkinmi?

Barcha darslarni ustozlar videoga yozishadi. Ushbu usul darsdan qolib ketgan yoki uy vazifalarini bajarishda qiynalganda video tomosha qilib yanada chuqurroq o`rganishga yordam beradi.

"Hub Darital" coworking nima?

"Hub darital" - bu coworking nomi. O'quv markazimiz mazkur coworking hududida joylashgan. Coworking - bu sinfdan tashqari o'quvchilar tajribali IT-mutaxassisning qat'iy nazorati ostida kelishi va amalda bo'lishi uchun zarur bo'lgan barcha narsalar bilan jihozlangan ofisdir. Coworkingga kirish bizning o'quvchilar uchun belgilangan vaqt oralig'ida bepul!

O'quv markaz nimalarni va'da beradi?

Biz mahalliy qonunlar va me`yoriy hujjatlar talablariga rioya qilishga va qonun doirasida faoliyat yuritishga o’zimizni javobgar deb bilamiz. “DATA” o’quv markazi adolatli va shaffof korporativ boshqaruv usullarini qo'llash yo'li bilan xodimlarning korporativ madaniyatini, bilimini, tajribasini, o’ziga bo’lgan ishonchini oshirishga va’da beramiz. Biz yangi texnologiyalardan foydalanish orqali butun O’zbekistonda jamiyatning ahvolini yaxshilashga hissa qo'shishga, mutahassislarimiz sifatli bilim olishi uchun eng tajribali va bilimli ustozlar bilan hamkorlikda ishlashga, ta'lim olish muxiti uchun kreativ, zamonaviy va eng qulay sharoitlarni yaratib berishga va’da beramiz.

"DATA"ning tijorat yuritish 5 tamoyili

QOIDA № 1

BIZ FAOLIYATIMIZNI QONUNLAR VA ETIK ME`YORLAR TALABLARI DOIRASIDA OLIB BORAMIZ!

QOIDA № 2

BIZ TASHKILOTCHILIK MADANIYATINING SOFLIGINI SAQLAYMIZ!

QOIDA № 3

BIZ MIJOZLARIMIZ VA XODIMLARIMIZNI HURMAT QILAMIZ!

QOIDA № 4

BIZ KORPORATIV IJTIMOIY MAS`ULIYATNI HIS QILADIGAN O’QUV MARKAZMIZ!

QOIDA № 5

BIZ O’ZGALARNING VAQTINI O’G’IRLAMASLIK HAQIDA QAYG’URAMIZ!

Savollar qoldimi?

Iltimos shu qisqacha formani to'lg'izib yuboring va biz 15 daqiqa ichida siz bilan bog'lanamiz!

Biz bilan aloqa

Xorazm viloyati, Urganch shahar
V.Fayozova, 3-uy

Ish vaqti 9:00 - 19:00

+998(99) 759-88-86

dataunionuz@gmail.com

Instagram Facebook Youtube
OVO