blog1
Dasturchi sifatida qanday qilib o’zimga to’g’ri narx belgilayman ?

🔴Biron bir ishni boshlayabsizmi?, albatta eng avval bir necha narsaga e’tibor qaratish kerak bo’ladi. Bu muhim ishlar orasida, kelajakdagi kasbingizning sizga keltiradigan daromadi ya’ni maoshi ham o’rin egallashi muhim hisoblandi.

 

➡️Dasturchi sifatida o’zingizga to’g’ri narx belgilash uchun manbaalar:

 

1️⃣ Stack overflow (https://stackoverflow.com/jobs) - agar siz dasturlash bilan shug’ullansangiz bu veb-sayt haqida ma’lomutga ega bo’lsangiz kerak.

Sohadagi deyarli barcha savolingizga shu veb-sayt orqali javob topishingiz mumkin. Shu qatori maosh masalasida ham. Stack overflow (https://stackoverflow.com/jobs) sizga kompaniyalar dasturchilar uchun taklif qilayotgan narxlar haqida ma’lumot berib boradi. Shuningdek o’zingizning tajribangiz, bilim darajangiz va qayerdan ekanligingizni kiritsangiz, qancha maoshga loyiq ekanliginingizni bilib olish imkonini taqdim qiladi. Chet elda ishlashni niyat qilgan bo’lsangiz bu sayt siz uchun ayni muddao. Faqat takliflarni o’qib borish emas, balki agar kompaniya talablariga javob bersangiz, unda sizga ishlash imkonini ham taqdim etadi.

 

2️⃣ Ikkinchi yo’l albatta faqat O’zbekiston sharoiti uchun moslashgan desak xato bo’lmaydi. 

Bu Ustoz Shogird Uzgeeks (https://t.me/UstozShogird) telegram kanali. Kanal orqali zamonaviy kasblarga bo’lgan talab va takliflarni kuzatib borish mumkin. Bu yerda men nima qilishim kerak degan savol tug’ilgan bo’lsa kerak. Kanalani kuzatib boring va sizdagi bilimlar bor insonga qanday takliflar, narxlar va qulayliklar taqdim qilishmoqda. Umumiy qilib bilimingizga bo’lgan o’rtacha narxni bilib olasiz. Agar taklif to’g’ri kelsa, bog’lanib kompaniyaga ishga kirasiz. Hammasi oddiy.

DATA O'QUV MARKAZI, 28.Sep.2020
OVO