blog1
Har bir dasturchi ko'rishi kerak bo'lgan 5 ta film

Karantin xali tugagani yo'q. Shuning uchun sizda bo'sh vaqtingiz ko'pmi? Unda vaqtdan unimli foydalaning va biz tavsiya qilmoqchi bo'lgan quyidagi kinokartinalarni tomosha qiling. 

 

Ijtimoiy tarmoq (2010)

Bu film Facebook ijtimoiy tarmog’i asoschisi bo’lgan Mark Zukkerberg haqida. Filmda yosh, hali hech kimga tanilmagan yosh dasturchi Mark ko’rsatiladi. Filmni tomosha qilgach, eng kamida biror shaxsiy loyihangizni yaratish istagi paydo bo’ladi. Hujjatli film bo’lishiga qaramay, kartina zerikishingizga imkon bermaydi.

 

Janob Robot (2015)

"Janob Robot" – hozircha ikkita mavsumdan iborat serial. Unda ijtimoiy fobiyadan jabrlanuvchi Elliot ismli yigit haqida so’z boradi. U dasturchi va turli sahifalarni buzib kirishga ixtisoslashgan mutaxassisdir. Serial nafaqat bir dasturchining hayoti haqida hikoya qiladi, shuningdek biz har kuni to’qnashadigan ijtimoiy muammolarni ham namoyish etadi. Bir so’z bilan aytganda, serial dasturlashdan yiroq kishining ham yuragiga yetib boradi.

 

Citizenfour: Snouden haqiqati (2014)

Snouden haqida ko’pchilik eshitgan bo’lishi kerak. Bu bola jahonda kichik bo’lmagan o’zgarishni amalga oshirishga muvaffaq bo’ladi. Filmda 2013-yilda “Citizenfour” nomli kimsadan anonim xatlar kelishi tarixi hikoya qilinadi.

 

Signal (2014)

Voqealar uch nafar talabalarning sirli xabar olishlari bilan boshlanadi. Talaba-xakerlar oldida katta muammolar yuzaga keladi va yoshlar oqibatda ularni bartaraf etishning uddasidan chiqishadi.

 

Kadrlar (2013)

Bu filmni komediya janriga mansub deyish mumkin, lekin bu uning jiddiyligini inkor etmaydi. Unda ikkita xodimlar haqida so’z yuritiladi. Ular zamonaviy texnologiyalar borasida hech narsani tushunmasdan turib Google’ga amaliyotga borishadi. Filmda kadrlarning mazkur amaliyot jarayonini qanday o’tkazishlari va muammolarni qanday yechishlari bilan bog’liq voqealar ko’rsatilgan.

 

Yuqoridagi kinofilmlarni tomosha qilish orqali, sizda ham kompyuter texnologiyalari, IT sohani o'rganish ishtiyoqi tug'ilgan bo'lsa "DATA" o'quv markazi sizga bu borada yordam berishga doim tayyor. 

 

😎Kurslarimizga yozilish istagingiz bo'lsa hoziroq onlayn anketa to'ldiring. 

 

Administratorlar bilan aloqa

📞 Tel: +99899-759-88-86

🚩 Moʻljal: Urganch, Darital, 2-qavat

DATA O'QUV MARKAZI, 29.Aug.2020
OVO